METER / AUDITORIYA TAHLILI2026-yil iyul

MAXSUS MATERIAL

Toshkent Jahon chempionatini qayerda tomosha qildi?

68 ta hudud va 76 ming tashrif xaritasi: translyatsiya vaqti, maydon joylashuvi va auditoriya profili shahar tadbirining brendlar uchun qadr-qimmatini qanday o‘zgartiradi.

Auditoriya tahliliga buyurtma berish
O‘lchang. Tekshiring. Rejalashtiring.

Jami taxminiy tashriflar

≈76,2ming
3o‘yin vaqt oralig‘i
68lokatsiya
55,7%bitta o‘yinga to‘g‘ri keldi

O‘zbekistonning Jahon chempionatidagi ilk ishtiroki milliy terma jamoaning har bir o‘yinini shahar miqyosidagi alohida media voqeaga aylantirdi.

Translyatsiyalar vaqtida muxlislar Toshkent bo‘ylab stadionlar, rasmiy fan-zonalar, bog‘lar, maktablar, restoranlar va barlarda to‘plandi. METER 68 ta lokatsiya atrofidagi anonimlashtirilgan geoma’lumotlarni tahlil qilib, uchta o‘yin ko‘lami va xususiyati turlicha bo‘lgan e’tibor davrlarini yaratganini ko‘rsatdi.

Taxminiy tashriflar noyob odamlar soni emas, balki baholash ko‘rsatkichidir.

№ 01Tomosha geografiyasi

Toshkent terma jamoa o‘yinlarini qayerda tomosha qildi

Toshkentdagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini jamoaviy tomosha qilish uchun asosiy lokatsiyalar xaritasi
Toshkentdagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinlarini jamoaviy tomosha qilish uchun asosiy lokatsiyalar.

METER poytaxt bo‘ylab 68 ta jamoaviy tomosha lokatsiyasini tahlil qildi. Tanlovga rasmiy shahar fan-zonalari, stadionlar, sport majmualari, bog‘lar, maktablar, restoranlar va barlar kiritildi.

“Bunyodkor” stadionidagi fan-zona eng yirik jalb nuqtasiga aylandi. Shunga qaramay, auditoriya butun shahar bo‘ylab tarqaldi: aholi uyiga yaqin lokatsiyalarni, yirik jamoat joylarini yoki o‘yin tomoshasini boshqa hordiq turlari bilan birlashtirish mumkin bo‘lgan maskanlarni tanladi.

№ 02Shahar miqyosidagi uchta ssenariy

Uchta o‘yin — uch xil e’tibor davri

METER har bir o‘yinni uzoq davom etadigan yagona futbol bayramining qismi emas, balki alohida e’tibor davri sifatida ko‘rib chiqdi.

Bu mediarejalashtirish uchun muhim: turnirning o‘rtacha ko‘rsatkichi auditoriya bilan ehtimoliy aloqa hajmini belgilaydigan haqiqiy cho‘qqi va pasayishlarni yashiradi.

0118-iyun

O‘zbekiston — Kolumbiya

07:00 · Toshkent

23 630taxminiy tashrif
Jami ulushi31,0%
0328-iyun

Kongo DR — O‘zbekiston

04:30 · Toshkent

10 130taxminiy tashrif
Jami ulushi13,3%

Barcha taxminiy tashriflarning yarmidan ko‘pi ikkinchi — Portugaliya va O‘zbekiston o‘yiniga to‘g‘ri keldi. Bu birinchi va uchinchi o‘yinlar yig‘indisidan ham ko‘p. Soat 04:30 dagi o‘yin eng kichik auditoriyani jalb qildi, eng ko‘p va eng kam tashrifli o‘yinlar o‘rtasidagi farq esa to‘rt barobardan oshdi. Sabablarni aniq ajratib bo‘lmaydi, ammo reklama beruvchilar uchun xulosa ravshan: bir xil voqea maqomi bir xil e’tibor hajmini ta’minlamaydi.

№ 03E’tiborning jamlanishi

Shahar bo‘ylab qamrov keng — ammo yetakchi lokatsiyalar soni kam

57,1%eng yirik beshta lokatsiyada
78,0%eng yirik o‘nta lokatsiyada
31,8%faqat “Bunyodkor” hissasi
78,8%shahar fan-zonalari jalb qilgan

Jamoaviy tomosha Toshkent bo‘ylab bo‘lib o‘tdi, ammo auditoriyaning katta qismi cheklangan sondagi yirik lokatsiyalar atrofida jamlandi. Shahar fan-zonalarining ko‘lami ularning ulushini izohlaydi, biroq bu ularni har bir holatda eng yaxshi yechimga aylantirmaydi: yirik maskan keng qamrov beradi, mahalliy joy esa iste’mol kontekstini aniqroq ko‘rsatadi.

KENG KO‘LAMLI ALOQA

Yirik shahar lokatsiyalari

Katta tadbir auditoriyasini tez qamrab olish.

KONTEKSTLI ALOQA

Mahalliy lokatsiyalar

Aniqroq iste’mol konteksti bilan torroq qamrov.

№ 04Auditoriya profili

Tomosha qilishga kimlar keldi

Auditoriya asosan erkaklardan iborat edi, ammo faqat erkaklar emas: 63,7% erkak va 36,3% ayol. Deyarli yarmi 30–49 yoshda, yana 25,8% esa 18–29 yosh oralig‘ida edi.

METER hisob-kitobiga ko‘ra, auditoriyaning 50,2%i o‘rta daromadli, 28,9%i past daromadli va 20,9%i yuqori daromadli segmentga mansub bo‘lgan.

63,7 / 36,3erkaklar / ayollar, %
48,9%30–49 yosh
50,2%o‘rta daromadli segment

AUDITORIYA QIZIQISHLARI

Futbol kontekstni tushuntiradi, iste’molchini emas

Sportdan tashqari eng yirik qiziqishlar xaridlar, ovqatlanish va kundalik iste’mol ssenariylari bilan bog‘liq.

Sport
83,6%
Avtomobillar
70,2%
Xaridlar
67,1%
Restoranlar
58,2%
Biznes
47,2%
Ta’lim
33,1%
Oila va ota-onalik
27,7%
Salomatlik
27,2%

Qiziqish toifalari bir-biri bilan kesishishi mumkin, shu sabab ulushlar yig‘indisi 100% bo‘lmaydi.

№ 05Tijoriy ssenariylar

Bu turli toifalar uchun nimani anglatadi

01

Chakana savdo va marketpleyslar

O‘yin kunlari xaridlarga bo‘lgan talab keskin ortadi. Bu chakana savdo va yetkazib berish xizmatlari uchun qulay imkoniyatdir.

02

Restoranlar, yetkazib berish va FMCG

Jamoaviy tomosha ovqat, ichimlik va birgalikdagi hordiq uchun tabiiy kontekst yaratadi. Restoranlarga qiziqish 58,2% ga yetdi.

03

Banklar, fintex va to‘lov xizmatlari

Lokatsiyalardagi to‘lovlar, keshbeklar, sodiqlik dasturlari hamda muxlislar uchun maxsus takliflarni integratsiya qilish imkoniyati.

04

Avtomobil brendlari

Avtomobillar auditoriya qiziqishlari orasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Auditoriya profili ham, aloqa konteksti ham lokatsiya turiga bog‘liq.

05

Telekom va raqamli xizmatlar

Aloqa, mobil internet, kontent va muxlislar guruhlaridagi muloqot odatiy qamrovdan tashqaridagi mahsulot ssenariylarini yaratadi.

METER IMKONIYATLARI

Keng qamrovdan o‘lchanuvchi natijagacha

METER brend va auditoriya o‘rtasidagi eng samarqli aloqa qayerda, qachon va qaysi auditoriya bilan yuz berishini aniqlash uchun shahar tadbirlari hamda hudularni tahlil qiladi.

  • Alohida lokatsiyalardagi tashriflar oqimi
  • Vaqt kesimidagi auditoriya dinamikasi
  • Tumanlar bo‘yicha auditoriya jamlanishi
  • Jins va yosh bo‘yicha auditoriya profili
  • Daromad darajasi bo‘yicha taqsimot
  • Auditoriyaning qiziqish va xulq-atvori
  • Lokatsiya turlari o‘rtasidagi farqlar
  • Lokatsiyalarning brend toifalariga mosligi
METER IZOHI

“Yirik tadbirning o‘zi bir xil e’tibor hajmini kafolatlamaydi. Ma’lumotlarimiz bitta o‘yin boshqasiga qaraganda bir necha barobar ko‘p auditoriya jalb qilishi, ayni shahardagi turli lokatsiyalar esa turli aloqa ssenariylarini yaratishini ko‘rsatadi. Shu bois tadbirga bog‘langan joylashtirishlar aniq vaqt, lokatsiya va auditoriya profilini hisobga olib rejalashtirilishi kerak.”

Elena BelorusovaMETER mahsulot egasi
№ 06Amaliy xulosa

Bu mediarejalashtirishni qanday o‘zgartiradi

01

Har bir o‘yinni alohida rejalashtiring

Ikkinchi o‘yin barcha tashriflarning yarmidan ko‘pini ta’minladi — turnirning o‘rtacha ko‘rsatkichi bu farqni yashiradi.

02

Qamrov va moslikni ajrating

Yirik fan-zona ko‘lam beradi, ammo har doim ham brend maqsadlariga eng yaxshi mos kelmaydi.

03

Auditoriyaning haqiqiy qiziqishlarini tekshiring

Xaridlar va restoranlarga qiziqish tijoriy salohiyat futbol kontekstidan kengroq ekanini ko‘rsatadi.

04

O‘yin boshlanish vaqtini hisobga oling

Ertalabki, kechki va tungi vaqt oralig‘i turli xatti-harakat va aloqa ssenariylarini yaratadi.

05

Futbol tasvirlaridan kengroq fikrlang

Brendning mahsulot ssenariysi umumiy futbol tasviridan samaraliroq ishlashi mumkin.

METODOLOGIYA

METER O‘zbekiston terma jamoasining uchta o‘yini davomida 68 ta jamoaviy tomosha lokatsiyasidan qariyb 100 metr radiusdagi anonimlashtirilgan geoma’lumotlarni tahlil qildi: 18-iyun, 07:00–09:00; 23-iyun, 22:00–24:00; 28-iyun, 04:30–06:30.

Auditoriya profili va qiziqishlari jamlangan holda hisoblandi. Tashriflar noyob odamlar sonini anglatmaydi va turniket ma’lumotlariga asoslanmagan. Qiziqish toifalari kesishishi mumkin hamda translyatsiya paytidagi xaridlar yoki boshqa harakatlarni tasdiqlamaydi.

MANBALAR
  1. FIFA: O‘zbekiston ilk bor Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi
  2. Yangi O‘zbekiston: Toshkentdagi o‘yin tomosha qilish lokatsiyalari
  3. Milliy statistika qo‘mitasi: hududlar aholisi

Asosiy ma’lumotlar to‘plami: METERning anonimlashtirilgan geoma’lumotlar tahlili va Toshkentdagi 68 ta lokatsiya bo‘yicha taxminiy tashriflar, 2026-yil 18–28-iyun.

XULOSA

Uchta o‘yin — shahar e’tiborining uch xil davri

Eng kuchli vaqt oralig‘i barcha taxminiy tashriflarning 55,7% ini ta’minladi. Auditoriya asosan erkaklar va katta yoshdagilardan iborat edi, sportdan tashqari eng yirik qiziqishlari esa xaridlar va restoranlar bo‘ldi. Futbol tadbiri doirasida auditoriya ko‘plab toifalar uchun dolzarb bo‘lib qoladi, aloqa qiymati esa o‘yindan o‘yinga, vaqtdan vaqtga va lokatsiyadan lokatsiyaga o‘zgaradi.

METER / AUDITORIYA TAHLILI

Toifangiz uchun qaysi lokatsiyalar va auditoriyalar samarali ekanini bilmoqchimisiz?

METER mos lokatsiyalar, vaqt va reklama inventarini tanlash uchun shahar makonlaridagi tashrif oqimi, auditoriya profili va qiziqishlarini tahlil qilishga yordam beradi.